Lionel Messi Argentina terma jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi g‘alaba qozongani sharafiga futbolchilar va murabbiylar uchun 35 ta tilla bilan bezatilgan ayfon sotib oldi. Bu haqda telefonlarni bezash bilan shug‘ullanuvchi "Benjamin Lyon" kompaniyasi rahbari Benjamin Lyon ma’lum qildi.
"Messiga 35 ta oltin ayfon 14 yetkazib berish sharaf edi. U ularni jamoadoshlari va murabbiylar shtabiga jahon chempionati finalida g‘alaba qozongani uchun sovg‘a sifatida buyurtma qilgan”, — deb yozdi u Messi bilan tushgan suratini e’lon qilib.
Telefonning orqasiga futbolchilar nomi va Argentina terma jamoasidagi raqami yozilgan.
"The Sun" nashrining yozishicha, Messi ushbu sovg‘alarga taxminan 175 ming funt (deyarli 200 ming yevro) sarflagan.
Lionel MessiArgentina Terma JamoasiJahon ChempionatiOltin AyfonBenjamin LyonFutbolchilar Sovg‘asi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar