Qarshi shahridagi Yoshlar markazida "Nasaf" jamoasi yangi futbolchilarni keng jamoatchilikka tanishtirdi.
Mazkur tadbirda jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev 2023 yilgi mavsum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz jamoa sifatida har doim kuchli bo‘lganmiz. Bir nechta futbolchilar jamoamizni tark etishdi. Lekin bu bilan kuchsizlanib qolmaymiz.
Oxirgi yillarda "Nasaf"ning mavqeini ko‘tara oldik. 2023 yilgi mavsumda ham har bir frontda kurashamiz va qashqadaryoliklarga chempionlikni tuhfa etish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", – dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
NasafRo‘ziqul BerdiyevYoshlar MarkaziFutbolchilar TanishtiruviMavsumQashqadaryoliklar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar