Aleksandr Xomyakov g‘alabadan so‘ng: "Yigitlar tug‘ilgan kunimga super sovg‘a tayyorlashdi"
“Nasaf” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fiklari bilan o‘rtoqlashdi.
- Aleksandr Andreyevich, g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin qanday taassurot qoldirdi?
- Birinchi o‘rinda muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Mavsum qiziqarli va ijobiy bo‘lishiga umid qilaman. G‘alaba so‘zsiz yoqimli. Maqsadimiz ishonchli qatnashish. Albatta, g‘alaba bizni xursand qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, bizga omad kulib boqdi. O‘yinning ko‘p qismida to‘psiz harakatlandik. “Nasaf”da chiziqlardan uyushtirilgan hujumlarda ham imkoniyatlar bo‘ldi. Lekin yigitlar bugun o‘zlarining jonini tikishib, g‘alabaga hissa qo‘shishdi. Yagona vaziyatni kutdik va foydalandik. Yana bir bor muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoaga rahmat aytaman. Ko‘rsatmalarimizni to‘la-to‘kis bajarib g‘alabaga erishdik.
- Sizningcha, “Nasaf”ga nima yetishmadimi?
- Futbolda natija uchun bir qancha faktorlar mavjud. Bugun bizning kunimiz ekan, omad biz tomonda bo‘ldi. “Nasaf” bayroqdor jamoa hisoblanadi. Ular o‘ziga xos uslubga ega jamoa. Asosiysi, bizning maqsadimiz to‘p o‘tkazib yubormaslik edi. Maydon markazida esa tajovuzkor bo‘lish talab etilgandi. Maqsadimizni bajara oldik. “Nasaf” tomonidan bizning jarima maydonimizda juda xavfli zarbalar bo‘ldi. Qaytaraman: bu yigitlar g‘alabaga munosib xizmat qilishib xarakter ko‘rsata olishdi va yaratgan vaziyatdan unumli foydalandik.
- “Andijon”ning oldiga qo‘ygan maqsadi qanday?
- Rahbariyat oldimizga maksimum maqsad qo‘ygan. Mas’uliyatni tushunib turibmiz. Rahbariyat va muxlislar bizdan natija kutishyapti. Bizga har bir o‘yin muhim. Har bir bahsda natijaga erishish uchun kurashamiz.
- Sardor Azimov jarohat oldib maydonni erta tark etdi. U keyingi o‘yinlarda jamoaga yordam bera oladimi? U hozir qanday holatda?
- Men hozir uning holati bo‘yicha bir narsa deya olmayman. Kutamiz, oyog‘ining orqa qismidan jarohat oldi. Biroz jiddiyga o‘xshayapti.
- Aleksandr Andreyevich, sizni yana bir bor tabriklayman. Chukni ertaga tavallud kuningiz va qo‘shaloq bayram. “Andijon”ning ushbu g‘alabasi siz uchun eng katta sovg‘a bo‘ldi-a?
- Ha, murabbiy uchun ajoyib sovg‘a, albatta. Latifada aytilganidek, murabbiy aytyapti, ertaga tug‘ilgan kunim, ertaga o‘yinni yutishimizni xohlayman desa, futbolchilar aytishyaptiki, murabbiy shoshilmang, sizga galstuk sotib olganmiz deganidek, shunday holat yuz berdi. Yigitlarga rahmat, tug‘ilgan kunimga super sovg‘a tayyorlab berishdi.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring