21:48 / 04.03.2023
404

Ravshan Haydarov Iroq ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Ravshan Haydarov Iroq ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Iroq - O‘zbekiston uchrashuvida vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"O‘yin o‘z ahamiyati bilan shiddatli va asabiy o‘tdi. Futbolchimizning qizil olgani bizga qiyinchilik tug‘dirdi. Jamoamiz bugun yurakdan o‘ynadi va shuning uchun g‘alaba qozondik. Bu juda qiyin qo‘lga kiritilgan 3 ochko bo‘ldi.

Abdurazzoqov o‘yinga tushmadi. U tempga, uslubga mos kelmadi. Umuman olganda, bu taktik qaror edi. Nodir xatolar qildi va chiqib ketgach, biroz hissiyotlarini jilovlay olmadi. Buni to‘g‘ri tushunaman. Bellashuv juda emotsiyalarga boy o‘tayotgandi.

10 kishi bo‘lib qolganimizdan so‘ng taktikani o‘zgartirdik. Qarshi hujum bilan o‘ynashga harakat qildik. To‘g‘ri, xatolar bo‘ldi. Ammo bu yoshda kamchiliklar ko‘zga ko‘rinishi noodatiy emas. Buni kamaytirish ustida ish olib boramiz.

Guruhdan chiqqanimiz ajoyib bo‘ldi. "B" guruhidagi raqiblarni ham kuzatib boryapmiz. Bu bilan shug‘ullanadigan alohida guruhimiz bor. Biroq eslatib o‘tmoqchiman, navbatdagi uchrashuv ham katta ahamiyatga ega.

Abdurazzoqovning norozi bo‘lib, chiqib ketishi ichki muhitga ta’sir qilmaydi. Hammasi nazorat ostida. Terma jamoaga eng kuchli futbolchilar jalb etilgan. Ular o‘z darajasini yaxshi biladi. Nodir bilan hech qanday muammo yo‘q, deya olaman.

Ruhiy tomonlama shug‘ullanishimiz kerak. Bu tibbiy xodimlarimiz, psixologlarimiz qiladigan ish. Albatta, men ham yigitlar bilan bu borada batafsil gaplashib olaman.

Individual harakatlar - muhim. Bunday qobiliyatga ega futbolchilarni qo‘llab-quvvatlayman. Sababi, ularning harakati evaziga gollar yuzaga kelish ehtimoli yuqori", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Haydarov Iroq ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?