00:11 / 05.03.2023
395

Muzokara bo‘ldi: Messi “Barsa”ga o‘tadimi?

Muzokara bo‘ldi: Messi “Barsa”ga o‘tadimi?

Lionel Messi keyingi mavsumni qaysi jamoada boshlashi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan hisoblanadi.

Jahon chempionining otasi Xorxe Messi PSJ bilan kelisha olmagani haqida xabar berilgan edi. Leoga klub yangi shartnomada uning maoshini kesish yoqmagan. Ayni paytda parijliklar Messiga har mavsum uchun 38 million yevro to‘layapti.

Keyinroq, Xorxe Messi “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta bilan muzokara o‘tkazdi. Shunga qaramay, taniqli jurnalist Anais Marti Errero kataloniyaliklar o‘zi tarbiyalagan yulduzni yozda qo‘lga kirita olmasligini ta’kidlamoqda.

Mutaxassisning aytishicha, Messining “Barselona”ga qaytishiga to‘sqinlik qiladigan juda ko‘p omillar to‘planib qolgan.

PSJ rahbariyati ayni paytda Messi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muzokara bo‘ldi: Messi “Barsa”ga o‘tadimi?