PSJ tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylangan Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvida “Bavariya” darvozasini kamida uch marta ishg‘ol qilishini aytdi.
- Men 202, 203 va 204-gollarimni “Bavariya” uchun saqlab qo‘ydimmi? Bundan ko‘prog‘ini! Biz u yerga keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun boramiz. Bizda o‘z kuchimizga ishonch tug‘ildi. Endi esa maydonda g‘olib chiqishimiz kerak, - dedi Kilian Mbappe.
“Bavariya” nimochrak finalning Parijda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvida mezbonlarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Endi bu ikki jamoa o‘rtasidagi javob o‘yini 8 mart kuni Myunxenda bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing