20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan Xitoy - Saudiya Arabistoni uchrashuvida "Chin yurti vakillari" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Xitoy jamoasi bosh murabbiyi Antonio Puche Visente ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Bugun yigitlardan juda xursand bo‘ldim. Ular super harakat qilishdi. Yaponiya bilan o‘yinda ham ular ajoyib o‘ynashgandi. Biroq natija biz uchun kutilganidek bo‘lmagandi.
Keyingi bahs o‘ta muhim. Hozir biz tiklanish haqida bosh qotirishimiz kerak. Qirg‘iz Respublikasi jismonan kuchli ekanini namoyish etdi. Shunga qaramay, biz faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz.
Yaponiya va Saudiya Arabistoni futboli butkul farq qiladi. Ular boshqa-boshqa usullardan foydalanishadi. Biroq ikkala terma ham juda jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.
Yaponiya paslarga asoslangan futbol namoyish etdi. Saudiya Arabistonida esa krosslar va jismoniy tomonlama futbolga ko‘proq e’tibor qaratiladi. Ochig‘i, men bu termalarda qandaydir o‘xshashlik ko‘rmadim.
Yigitlar mehnati bilan ajralib turibdi. Ularning aynan bittasini ajratib ko‘rsatmagan bo‘lardim", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring