23:38 / 10.03.2023
329

"Neftchi" bosh murabbiyi: "Paxtakor" kuchli jamoa, ammo futbol rivojlanmoqda"

"Neftchi" bosh murabbiyi: "Paxtakor" kuchli jamoa, ammo futbol rivojlanmoqda"

Superliganig 2-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin 2:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan tugadi. "Neftchi" jamoasi ustozi Vitaliy Levchenko savollarga javob berib o‘tdi.

"Agar qisqacha aytsam, o‘yin biz istagandek bo‘ldi. Juda tezkor va intensiv futbol ko‘rdik. Biz qanotlarni yopishimiz kerakligini bilar edik.

Vaholanki, ayrim epizodlarda darvozamiz oldida imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Biz ham ko‘plab qarshi hujumlarni ko‘kka sovurdik. Menimcha, muxlislarga yoqadigan uchrashuv bo‘ldi. Stadiondagi atmosferaga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Bugun jismoniy tayyorgarlik borasida juda yaxshi harakat qildik. "Paxtakor"ni kuchsizlangan, demagan bo‘lardim. Bu jamoa O‘zbekistonning amaldagi chempioni sanaladi. Bugun qanot himoyachilarimiz butun bahs davomida munosib himoyalanishdi. Bu narsa "Paxtakor"ning hujumlarini barbod qilishda katta ko‘mak berdi.

Tarkib borasida hech qanaqasiga nolimoqchi emasman. Klub rahbarlari men istagan barcha futbolchi bilan shartnoma imzolashga harakat qildi. Tan olaman, mahalliy futbolchilarni narxi juda baland. Ularni ko‘ndirish ham qiyin. Bunga chempionatda kuchli legionerlarning yo‘qligi asosiy sabab bo‘lsa kerak.

Bizda yaxshi hujumchi paydo bo‘ldi. Biz futbolchilarni o‘zimiz tuzgan taktika asosida tanladik. Bugun ular o‘z klassini namoyish etdi.

"Paxtakor" kuchli jamoa, ammo futbol rivojlanmoqda. "Sherlar"ga qarshi o‘ynash uslublari paydo bo‘lgan. Shaxsan o‘zim Turkiyada ularning o‘tkazgan 2-3 bellashuvini tomosha qildim. Biz bu bahsga taktik tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik", - dedi murabbiy.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Neftchi" bosh murabbiyi: "Paxtakor" kuchli jamoa, ammo futbol rivojlanmoqda"