17:52 / 12.03.2023
692

Osiyo kubogi U-20. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Osiyo kubogi U-20. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi

Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining chorak final o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuv asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Ekstra-taymlarda esa "Osiyo yo‘lbarslari" 2 gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 3:1 hisobida zafar quchdi.

Koreyaliklar safida gollarni Kim Yong Hak, Sung Jin Yong va Choi Seok Xyun kiritdi. Xitoyning yagona goliga Mutallib Iminqori mualliflik qildi.

Janubiy Koreya - Xitoy 3:1

Gollar: Mutallib Aminqori 48, - 0:1. Kim Yong Xak 62, - 1:1. Sung Jing Yong 100, - 2:1. Choy Seok Xyun 105, - 3:1.

Janubiy Koreya - Kim Jon Xung, Park Chang Vu, Xvang In Tayek, Choy Seok Xyun, Bae Seo Jun, Kim Yong Xak, Li Seung Von, Bae Jun Xo,Kang Seung Jin, Kang Sang Yong, Sung Jing Yong.

Zaxiradagilar: Mun Xbyun Xo, Kim Jing Xun, Park Xyun Bin, Li Yong Jun, Cho Yong Kvang, Li Jun Jaye, Park Jun Yong, Kim Geong Xvang, Li Jun Sang, Kim Xi Sung, Kim Ji Su, Mun Seung Min.

Xitoy - Li Xao, Xu Xetao, Yang Min Jiye, Liu Xaofan, Aferdin Askar, Bao Shengxin, Jang Yixuan, Ksyu bin, Ksiayen Kongjun, Mutallib Aminqori, Xezrati Nuyer.

Zaxiradagilar: Xuo Shenping, Yu Jin Yong, Peng Ksiao, Yuo Venji, Mavulang Mijiti, Fan Chao, Gao Yunan, Li Suda, Abdulla Adili, Rexmetula Xuyereti.

Shu tariqa, Janubiy Koreya jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Qolaversa, ushbu terma yarim finalda O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi.

Bellashuv 15 mart kuni 19:00 da start oladi. O‘yinga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo kubogi U-20. O‘zbekistonning yarim finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi