22:49 / 15.03.2023
340

Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi: "Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi ma’noda hayratlandim"

Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi: "Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi ma’noda hayratlandim"

Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi Yong Jun Kim O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi kechgan yarim final bahsidan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar savoliga javob berdi.

- Afsuski bugun jamoangiz finalga chiqa olmadi. Bugungi o‘yin haqidagi fikringiz?

- Birinchi navbatda O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Biz bugun qo‘limizdan kelgan eng yaxshi o‘yinni ko‘rsatdik, afsuski bugun bizga omad kulib boqmadi.

- Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan tarkib bugungi o‘yinda biroz o‘zgartirildi. Amalga oshirgan o‘zgarishlaringiz uchrashuvga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?

- Men o‘tgan o‘yingi tarkibni biroz o‘zgartirdim, chunki ular 120 daqiqa o‘ynagan edi. Men yangi o‘yinchilarni maydonga tushirishga qaror qildim. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinchilar ham yaxshi harakat qilishdi va men ulardan minnatdorman.

- Penaltitlar seriyasida birinchi ikkita imkoniyatdan foydalana olmadingiz. Bunga nima sabab bo‘ldi? To‘liq stadionmi yoki o‘yinchilaringiz penaltilar seriyasigacha o‘yinni hal etib qo‘yishmoqchi edimi?

- O‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, ko‘p o‘yinchilar muxlislar bilan to‘lib toshgan stadionda o‘ynashmagan va shu sabab ularda biroz hayajon bor edi. Ular hali juda yosh va o‘ylaymanki, ular bugungi o‘yindan saboq olishadi.

- O‘zbekiston terma jamoasi bugun ko‘proq xujum qildi va ko‘proq imkoniyatlar yaratishdi. Jamoangiz ko‘rsatgan bugungi o‘yin g‘alabaga loyiq edimi?

- Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz v bugungi uchrashuv ham bundan istisno emas.

- Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqani tark etmoqda, musobaqa tashkiliy ishlaridan qoniqdingizmi?

- Ovqatlanish, mehmonhona, maydonlar va transport juda yaxshi tashkil etilgan. Men noliydigan narsa ko‘rmadim. Mashg‘ulot maydonlarining sifatini yaxshilasa bo‘ldi deb o‘ylayman. Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi ma’noda hayratlandim.

- Jahon chempionatidagi daraja bilan Osiyo kubogidagi o‘yin darajasini qanday baholaysiz?

- Osiyo mintaqasidagi terma jamoalar deyarli bir hil darajada, jahon chempionatida esa bunday emas. Biz dunyo birinchiligida yaxshi o‘yin namoyish etib, Koreya sha’nini himoya qilishimiz kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya U-20 bosh murabbiyi: "Muxlislar yaratgan muhitdan yaxshi ma’noda hayratlandim"