YCHL. “Real” javob o‘yinida ham “Liverpul”ni mag‘lub etdi, “Napoli”da ham g‘alaba

YCHL. “Real” javob o‘yinida ham “Liverpul”ni mag‘lub etdi, “Napoli”da ham g‘alaba

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final javob o‘yini doirasidagi ikkita uchrashuv 15-mart, chorshanba kuni o‘tkazildi.

“Real” o‘z uyida “Liverpul”ni qabul qildi. 78-daqiqada Karim Benzema tomonidan urilgan gol o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi. “Enfild”dagi o‘yinda ispan klubi 5:2 hisobida zafar quchgandi.

Yana bir o‘yin “Napoli” va “Ayntraxt” jamoalari o‘rtasida kechdi. Neapolliklar Viktor Osimhenning dubli va Pyotr Zelinskining goli evaziga yirik hisobda g‘alaba qozondi. Dastlabki uchrashuvda ham italyan klubi minimal hisobda ustun kelgandi.

Shu tariqa “Real” va “Napoli” keyingi bosqichga yo‘l oldi.


YCHL

1/8 final, javob o‘yinlari

Real Madrid” (Ispaniya) – Liverpul” (Angliya) 1:0

Gol: 1:0 – 78 Benzema.

“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 86), Ryudiger, Militao, Nacho, Modrich (Sebalyos, 82), Kroos (Tchuameni, 84), Kamavinga, Valverde, Benzema (Rodrigo, 82), Vinisius Junior (Asensio, 84).

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson (Simikas, 90), Milner (Oksleyd-Chemberlen, 73), Fabinyo, Saloh, Diogu Jota (Elliott, 57), Gakpo (Karvalyu, 90), Nunyes (Firmino, 57).

Dastlabki o‘yin – 5:2

“Napoli” (Italiya) – “Ayntraxt F” (Germaniya) 3:0

Gollar: 1:0 – 45 Osimhen, 2:0 – 53 Osimhen, 3:0 – 64, penalti Zelinski.

“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Je (Jezus, 66), Mariu Ruy, Lobotka, Zelinski (Ndombele, 74), Zambo-Angissa, Politano (Losano, 67), Osimhen (Simeone, 81), Kvaratsxeliya (Elmaz, 74).

“Ayntraxt F”: Trapp, Buta, Ndika, Tuta, Lens (Maks, 67), Gyotse, Rode (Yakich, 74), Sou, Kamada, Borre, Knauff (Alidu, 62).

Ogohlantirishlar: Ndika (26), Lens (32), Gyotse (65), Jezus (77).

Dastlabki o‘yin – 2:0

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar