date

Chexiyada futbol uchrashuvida penalti tepish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Chexiyada futbol uchrashuvida penalti tepish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi

Chexiyada hududiy liga doirasidagi «Bat’ov-1930» va «Frishtak» jamoalari uchrashuvidan keyin belgilangan penaltilar seriyasida 52 marta zarba ijro etildi. Bu orqali 2005 yili Namibiya Kubogi uchun final uchrashuvida qayd etilgan rekord yangilandi. O‘shanda tomonlar 11 metrli jarima nuqtasidan 48 marta zarba amalga oshirishgandi. O‘shanda «Pelas» «Siviks»ni 17:16 hisobida enggandi.

Chexiyadagi penaltilar seriyasi 38 daqiqa davom etgan va «Bat’ov-1930» jamoasining 22:21 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Unda ikki tomonning ham barcha futbolchilari kamida 2 martadan penalti tepishgan.

"Men rekord o‘rnatishimizni darhol payqadim. Avvaliga 20 tadan penalti tepilganidan keyin uyga ketmoqchi ham bo‘ldim, chunki ziyofat kutmoqda edi, lekin qoldim", deya «Frishtak» jamoasi prezidenti Vratislav Rudolf so‘zlarini keltiradi "Kun" nashri.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chexiyada futbol uchrashuvida penalti tepish bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi