20:39 / 17.03.2023
168

Mirjalol Qosimov "Olimpik" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Qosimov "Olimpik" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?

Superliganing uchinchi turidan o‘rin olgan "Olimpik" - OKMK (0:1) jamoalari to‘qnash kelgan uchrashuvdan so‘ng OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqidagi fikrlaringiz?

- Televizor orqali muxlislarni jalb etish uchun aylantiraliyotgan rolikni ko‘rdim. Biz uchun bugungi uchrashuv juda muhim edi. "Bunyodkor"ga qarshi o‘tgan uchrashuvda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan edik, bugun esa xatolarni ancha kamaytirdik va shu sabab g‘olib bo‘ldik. G‘alabaga loyiq edik deb o‘ylayman. Mehmonda "Olimpik"ka qarshi o‘ynash ham oson emas.

- Vitaliy Denisovning o‘yinlariga va zaxiraga olinganiga izox berib o‘tsangiz?

- Denisovni 5 yoshidanoq bilaman. Sariq kartochka olgani va ikkinchi taymda ko‘proq kurashlar ostida kechgani sabab uni zaxiraga oldim.

- Birinchi bo‘limda qanot himoyachilarngiz xujumga qo‘shilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa almashtirishlardan so‘ng qanot himoyachilar xujumga qo‘proq o‘tishdi. Qanot ximoyachilarining birinchi bo‘limda passiv o‘yiniga nima deya olasiz?

- Birinchi bo‘limda ham qanotdan xujum qilishga harakat qildik, lekin "Olimpik" jamoasi ham maydonga g‘alaba uchun chiqqan edi. Bizda birinchi taymda qanotdan to‘p uzatishga bir nechta imkoniyat bo‘ldi.

- "Olimpik" jamoasidan kimlarni o‘z jamoangizda ko‘rishni xohlaysiz? Masalan Hamraliyev ushbu mavsum oldidan "Paxtakor"ga o‘tdi, siz ham "Olimpik" o‘yinchilariga qiziqish bildirganmidingiz?

- Ha, biz Hamraliyevni tarkibimizga olmoqchi edik, lekin u "Paxtakor"ni tanladi. Boshqa o‘yinchilarga qiziqish bildirmaganmiz, lekin ular bizning jamoadan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdi.

Shu fursatdan foydalanib Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasiga ertangi finalda omad tilayman!


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov "Olimpik" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin nimalar dedi?