21:46 / 17.03.2023
216

Ro‘ziqul Berdiyev: "4 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdik, hali hujumchilarimiz gol urishgani yo‘q"

Ro‘ziqul Berdiyev: "4 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdik, hali hujumchilarimiz gol urishgani yo‘q"

“Buxoro” – “Nasaf” (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

- Bugun sifatli o‘yin bo‘lishi uchun hamma narsa mavjud edi. Maydon holati, ob-havo...O‘yinga kelsak, ko‘p vaziyat yaratmadik. Lekin g‘alaba golini urib uni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik. Himoyada xatosiz harakat qildik. “Buxoro”da yaxshi jamoa shakllanibdi. O‘ylaymanki, ular keyingi uchrashuvlarda ijobiy natija uchun harakat qiladilar. Uchrashuvda yigitlarga birinchi bo‘lib yuklatilgan vazifa natija uchun kurashish edi. Gol urgach, qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildik. Ammo ikkinchi golni urish uchun qulay vaziyatlarga ega bo‘lsak-da, bundan foydalana olmadik. G‘alabaga bo‘lgan rejamiz amalga oshdi. Og‘ir uchrashuvda 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

- “Nasaf” har yili yangilanib boryapti. Bu jamoa o‘yiniga ta’sir qilmayaptimi?

- Albatta, ta’sir qiladi. Yangi futbolchilar jamoa o‘yiniga moslashishi kerak va bu katta vaqtni talab qilmaydi. Chunki jamoamizda katta o‘zgarishlar bo‘lgani yo‘q. Asosiy yigitlarimizni imkon qadar saqlab qolishga harakat qildik. Yigitlarga har doim sifatli o‘ynashlarini ta’kidlab kelamiz. Menimcha, bugun ham ba’zi bir vaziyatlarda jamoamiz yaxshi taassurot qoldirdi.

- Superligada qatnashayotgan klublar ichida “Olimpik”dan keyingi eng yaxshi jamoa sizning klubingiz, to‘g‘rimi? Albatta, yosh jihatidan qaraganda...

- Boshqa jamoa haqida gapirmayman. O‘z futbolchilarimni ham yosh deb bo‘lmaydi. Ular yoshligidan o‘ynab kelyapti, tajribasi ortyapti. 22 yoshli futbolchilarni yosh desak xato qilgan bo‘lamiz. Ba’zi klublarda 17-18 yoshli o‘yinchilar to‘p surishmoqda.

- “Buxoro”dan qaysi futbolchini e’tirof etgan bo‘lardingiz?

- Hujum uyushtirishda Iminov boshqalardan ajralib turibdi. Maydonni ko‘rishi va pas uzatishlari juda yaxshi. Buni boshqa uchrashuvlarda ham ko‘rdik va bugun ham amin bo‘ldik. “Buxoro”da yomon jamoa shakllanmabdi. Bugun bizga ancha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Raqibga imkoniyat hosil qilishi uchun vaziyatlar yaratib bermadik. To‘pni nazorat qilishga va tashabbus qilishga harakat qildi. Bu jamoani katta yutug‘i.

- Norchayevning jamoani tark etganidan keyin “Nasaf” hujumida muammolar paydo bo‘la boshladi. Ikkita o‘yindan beri himoyachi Xusniddin Aliqulov gol urib jamoaga foyda keltiryapti. Hujumchilar gol urmasligi xavotirga solmaydimi?

- Albatta, xavotirga soladi. Bir necha uchrashuvlarimizda bu ko‘zga tashlanyapti. 4 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazdik, hali hujumchilarimiz gol urganlari yo‘q. Lekin futbolda maydonda 11 kishi o‘ynaydi. Standart yoki ba’zi vaziyatlarda himoyachilar golli imkoniyatlardan foydalanishi kerak bo‘ladi. Buni talab qilamiz va buni ustida ko‘proq ishlayapmiz. Kamchiliklarimizni shular yordamida yopishga harakat qilyapmiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "4 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdik, hali hujumchilarimiz gol urishgani yo‘q"