date
views 269

Xet-triklar qiroli! Yoxud Xolandni to‘xtatib bo‘lmayapti

Xet-triklar qiroli! Yoxud Xolandni to‘xtatib bo‘lmayapti
Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland kecha Angliya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan “Byornli”ga (6:0) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi.
 
Shu tariqa 22 yoshli norvegiyalik hujumchining joriy mavsum “Manchester Siti” safida qayd etgan xet-triklari soni 6 taga yetdi. E’tiborlisi, butun boshli APL klublari futbolchilarining xet-triklarini qo‘shib hisoblaganda ham (5) bu borada Xolandga tenglasha olmaydi.
 
Joriy mavsum hozircha APL klublari orasida quyidagi futbolchilar xet-trik qayd etishga muvaffaq bo‘lgan xolos: Muxamad Saloh («Liverpul»), Ayven Touni («Brentford»), Son Xin Min («Tottenxem»), Fil Foden («Manchester Siti») va Leandro Trossard («Arsenal»).
 
Erling Xoland bu mavsum "Manchester Siti" safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 39 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xet-triklar qiroli! Yoxud Xolandni to‘xtatib bo‘lmayapti