
Hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"da bo‘lganida jamoa sardori bo‘lishni istagan. "ESPN" nashri xabariga ko‘ra, 2021 yilda portugaliyalik o‘sha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnikdan sardorlik bog‘ichini berishni so‘ragan.
Manbaning xabariga ko‘ra, germaniyalik murabbiy Krishtianuning iltimosini rad etgan va chap qanot himoyachisi Xarri Maguayrni “qizil iblislar” sardori sifatida qo‘ygan.
Ronaldu o‘tgan yilning noyabr oyi oxirida janjal bilan mankunianliklar klubini tark etgandi. Yanvar oyida Krishtianu Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan shartnoma imzolagan edi.
Krishtianu RonalduManchester YunaytedJamoa SardoriRalf RangnikXarri MaguayrAn-Nasr Klubi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar