A Seriyaning 28-turidan o‘rin olgan “Spetsiya” va “Salernitana” o‘rtasidagi uchrashuvda Eldor Shomurodov nihoyat gol urdi. Legionerimizning Italiya chempionatidagi “quruq seriyasi” qariyb bir yil davom etdi.
Hujumchimiz kuchli beshlik chempionatidagi oxirgi golini 2022 yilning 14 may kuni “Roma”ning “Venetsiya”ga qarshi o‘tkazigan uchrashuvida kiritgan edi. O‘sha gol ham huddu bu galgidek jamoaga 1:1 hisobida durang natija keltirgandi.
Aslida Shomurodov joriy mavsumdagi gollari hisobini yangi mavsum boshida – 8 sentyabr kuni Yevropa ligasi guruh bahsida Bolgariyaning “Ludogores” jamoasiga qarshi uchrashuvda ochgandi. Ana o‘sha gol hamyurtimiz uchun Yevropa maydonlaridagi yagona natija bo‘lib qolayotgan edi.
Shomurodov “Salernitana” darvozasini ishg‘ol qilish orqali kuchli beshlik chempionatlarida ketma-ket uchinchi mavsumda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Italiya o‘zi o‘ynagan har uchala jamoa – “Jenoa”, “Roma” va “Spetsiya” uchun to‘p kiritgan o‘yinchiga aylandi.
“Spetsiya” bosh murabbiyi Leonardo Semplichi “Salernitana”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv haqida fikr bildirib, Eldor Shomurodov masalasida ham to‘xtaldi.
- Chempionat hali uzoq davom etadi. “Salernitana”ga qarshi o‘yinda muhim bo‘lgan bir ochko oldik. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olganimizning ahamiyati katta. Biz xuddi o‘zimiz kabi maqsad uchun kurashayotgan jamoa bilan kuch sinashdik va bu bahs oson bo‘lgani yo‘q. G‘alabaga juda yaqin kelgandik, afsuski buni udallay olmadik. Futbol mana shunaqa o‘yin. To‘g‘ri yo‘ldan ketyapmiz. Lekin quyi ligaga tushib ketishdan qutildik, deyolmayman. Bugungi kun bilan yashaymiz, oyog‘imiz yerdan uzilmagani ma’qul.
Raqobatga jiddiy qarashimiz kerak va bu natijaga erishishimizda muhim ahamiyat kasb etadigan omil hisoblanadi.
O‘z maydonimizdagi o‘yinlarni yaxshi boshlay olmayapmiz. Keyin vaziyatni o‘nglashga to‘g‘ri kelyapti. Yigitlarning mentaliteti shakllanyapti, ularda raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, raqobatlashish salohiyati bor.
Eldor Shomurodov asosiy to‘purar Mbala Nzolaga munosib o‘rinbosar ekanini ko‘rsatdi. Eldorga gol juda zarur edi. To‘p kiritishni uddalay olganidan barchamiz xursandmiz. Shomurodov o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otishi kerak edi. Chunki milliy terma jamoada gol uryapti.
Shomurodovning mahorati katta, u “Jenoa”dan "Roma”ga o‘tgani shundan dalolat beradi. Lekin poytaxt klubida unga joy yetishmadi va bir qadam ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Hozir o‘yin dinamikasiga moslashib olishi uchun unga biroz vaqt kerak bo‘lyapti.
Eldor bu holatga katta tayyorgarlik bilan kirdi. Men esa, Shomurodovni avvalgi darajasiga ko‘tarishim kerak, - dedi Leonardo Semplichi.
“Spetsiya” Eldor Shomurodovni mavsum oxirigacha ijaraga olgan. Liguriyaliklar o‘zbek hujumchisining yarim yillik faoliyati uchun “Roma”ga 1,5 million yevro to‘lagan edi. Joze Mourino klub rahbariyatiga o‘zbek hujumchisini to‘liq sotib yuborishiga ruxsat bermadi. Shomurodov kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlashi hozircha mavhum bo‘lib turibdi.
Legionerimizning “Spetsiya” bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va Eldor Rim shahriga qaytib ketadi. Yozda kelajagi borasida bir qarorga kelishiga to‘g‘ri keladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi