
A Seriya 28-turidan o‘rin olgan "Spetsiya" - "Salernitana" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Kaldara 43-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 70-daqiqada legionerimiz Eldor Shomurodov muvozanatni tikladi.
Bellashuvdan so‘ng spetsiyaliklar ustozi Leonardo Semplichi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va keyingi uchrashuv uchun hujumkor futbolchilarni tanlash oson bo‘lmasligi haqida to‘xtalib o‘tdi:
- Keyingi o‘yinda kimni hujumda o‘ynatamiz? Bir qarorga kelish oson bo‘lmaydi. Biroq bundan faqat xursandman. Mazkur holat hammasi yaxshi ishlayotganini anglatadi. Bugun Agudelo va Maldini juda aktiv harakat qildi. Shuningdek, Gyasi, Verde va Shomurodov ham yangi bosqichda. Biz yaxshi qurollanganmiz.
A SeriyaSpetsiya SalernitanaEldor ShomurodovLeonardo SemplichiHujumkor FutbolchilarBellashuv Fikrlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar