“Olimpik” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
- Aleksandr Andreyevich, bugungi uchrashuv to‘g‘risida nimalarni ayta olasiz?
- Avvalambor, muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Biz uchun omadsiz o‘tgan o‘yinlarlan so‘ng nihoyat g‘alaba qozondik. Futbolchilarga rahmat aytaman. Bugun to‘lik dastur asosida o‘ylagan rejalarimiz amalga oshdi va oldinga yurishda davom etamiz.
- “Olimpik” safida bir qator yo‘qotishlar bor edi. Bugungi tanlagan tarkibingizni aynan shundan kelib chiqib amalga oshirdingizmi?
- Ha, raqibning bir qator futbolchilari o‘yinni o‘tkazib yuborishini bilardik. Har bir futbolchilarni o‘z vazifasi bor va shunga asosan tayyorgarlik ko‘radi. Vaziyatga qarab ushbu tarkibimizni tanladik va bu bizga g‘alaba olib keldi.
- “Andijon”ni oldinda ketma-ket ikkita vodiy derbisi kutmoqda. Qaysi biri muhimroq deb o‘ylaysiz?
- Jamoamizga hamma o‘yin muhim. Biz uchun jadvaldagi holatimizdan qat’iy nazar har bir bahsga maksimum tayyorlanamiz.
- Jamoangiz tezkor gol urib olganidan keyin asosan himoyada o‘ynadi. Qo‘shimcha reja yo‘qmidi?
- Bizda B va hatto S rejalari ham bor edi. To‘g‘ri, o‘yin tempi past bo‘ldi. “Bunyodkor” bilan bahsda hujumni oshirishga harakat qildik, keyin nima bo‘lganini ko‘rdinglar. Jamoamni hali ideal deya olmayman, kamchiliklarimizni hozir aytishdan ma’no yo‘q, muammolarimiz bor va buni to‘g‘rilash uchun ishlayapmiz. Maydon markazida ustunlik asosida o‘ynashni maqsad qilgandik. Bu raqib bilan ochiq futbol o‘ynash kulguli. Qahramonlik ko‘rsataman deb, keyin natija bo‘lmasa, buning foydasi yo‘q. O‘zimizni o‘yinimizni yaxshi tomondan namoyish etdik. Natijani ko‘rib turibsiz, rejalarimiz o‘xshadi. Albatta, kamchilik tomonlarimini yopishga harakat qilyapmiz. Kuchli tomonlarimizdan foydalanishga intilyapmiz.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi