“Roma” yozda hujum chizig‘ida katta o‘zgarishlar qilishiga to‘g‘ri keladi. Hozir jamoaning oldingi chizig‘ida o‘ynayotgan Paulo Dibalaga “Manchester Yunayted”, “Inter”, “Real” kabi katta klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jahon chempionining rimliklar bilan yana ikki yillik shartnomasi bo‘lsa-da, Italiyadan tashqaridan chiqqan xaridorlar uni 20 million yevro evaziga transfer qilishi mumkin.
Argentinalik yulduzning o‘zi ham "Roma"dan mavqei va darajasi ancha baland bo‘lgan superklublarda to‘p tepishga qarshi bo‘lmaydi, albatta.
"Roma" oldida bu mavsum o‘zini ko‘rsata olmayotgan 25 yoshli angliyalik hujumchi Temmi Abraxam masalasi ham ko‘ndalang bo‘lib turibdi. "Chelsi"dan 40 million yevroga olib kelingan forvard ham yozda o‘z yurtiga qaytib ketishi kutilyapti. Uning oldida o‘z yurtidan bir necha jamoalar, xususan, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Liverpul” va “Aston Villa” variantlari bor.
Andrea Belotti va Stefan El-Shaaravining amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi va ularga hali yangi bitim taklif qilingani yo‘q.
Bosh murabbiy Joze Mourino o‘z odatiga ko‘ra, sport direktori Tyagu Pintodan katta yulduzlarni olib kelishni so‘ramoqda. Portugaliyalik mutaxassis Rimda Romelu Lukaku, Mauro Ikardi, Karim Benzema kabi yulduzlarni ko‘rmoqchi.
Tyagu Pinto esa, uddalash oson bo‘lgan transferlarni rejalashtirmoqda. Italiya futbolining nufuzli manbalaridan biri footballnews24.it sayti jurnalisti Franchesko Segatori rimliklar sport direktori “Spetsiya” to‘purari Mbala Nzolaga ko‘z tikayotgani haqida xabar berdi.
Yana bir manba – calciomercato.com Tyagu Pinto bu transferni amalga oshirish sxemasini tuzib qo‘yganini yozdi.
Ma’lumki, Eldor Shomurodov mavsum yakunlanishi bilan “Spetsiya”dan yana “Roma”ga qaytadi. Tyagu Pinto kelasi mavsum oldidan o‘zbek hujumchisining ham masalasini hal qilishi lozim. Portugaliyalik mutaxassis legionerimizni “Spetsiya”da qoldirib, o‘rniga Mbala Nzolani olib kelmoqchi.
Bu yo‘l orqali u “bir o‘q bilan ikki quyonni uradi”. Chunki “Spetsiya” yaxshi taklif bo‘lsa, Nzolani sotib yuborishga tayyor. Liguriyaliklar “yaxshi taklif”, deganda 18 million yevro badal pulini nazarda tutmoqda. Tabiiyki, Nzola ketsa, o‘rniga hujumchi kerak. A Seriyada o‘zini ko‘rsata boshlagan Eldor Shomurodov ularni to‘liq qoniqtiradi.
2020 yildan beri “Spetsiya” a’zosi hisoblangan Mbala Nzolaning amaldagi shartnomasi kelasi yili yozda tugaydi. Klub u bilan kelishuvni yangilamoqchi. Lekin yuqorida aytilganidek yaxshi taklif bo‘lsa, angolalik hujumchining yo‘lini to‘sishmaydi.
A Seriya va mamlakat kuboshi o‘yinlarida 14 ta gol va 3 ta assist qayd etgan hujumchiga “Spetsiya”dan kuchli jamoalardan taklif bo‘lishi tabiiy holat sifatida baholanoqda. Ayni paytda “Roma”dan tashqari “Vest Xem” afrikalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Eldor Shomurodovning kelasi mavsumni qayerda boshlashi ko‘p jihatdan “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoga bog‘liq bo‘ladi. Bu mutaxassis bir necha bor hujumchimizni boshqa jamoalarga to‘liq transfer qilinishiga qarshilik qildi. Demak, biror mo‘ljali bo‘lsa kerak. Qolaversa, Shomurodovni “Spetsiya”ga kuzatib qo‘yishdan oldin, Mourino Eldor faqat o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun ketayotgani va yozda qaytib keltishini alohida ta’kidlagan.
Mavsum yakunlanishi bilan yozgi transfer bozori ochiladi. Bu jarayonda Shomurodov oldida ham yana yangi variantlar chiqishi tabiiy. Eldorning asosiy vazifasi esa, chempionatning qolgan o‘yinlarida o‘z salohiyati va imkoniyatlarini namoyish etishdan iborat.
Endi Joze Mourino va Tyagu Pinto rejalari qay darajada amalga oshishini vaqt ko‘rsatadi. Balki “Spetsiya”ning Eldor Shomurodov va Mbala Nzoladan tarkib topgan hujum tandemi kelasi mavsum “Roma” sharafini himoya qilar...
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi