
“Buxoro” – “Bunyodkor” (0:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev mag‘lubiyat sabablari xususida gapirdi.
«To‘g‘risini aytsam, boshida o‘yinimiz o‘xshamadi, yigitlarlar negadir hayajon bilan to‘p surishdi. Bu nima bilan bog‘liq bilmayman. Keyin esa kerak bo‘lmagan to‘p darvozamizga kiritildi. Shundan so‘ng nimadir qilishga urinib ko‘rdik. Lekin ko‘rinib turibdiki, hozirgi vaqtda futbolchilarning holati ham jismonan, ham ruhiy tomondan Superliga darajasiga javob bermaydi. Bu to‘rtinchi mag‘lubiyat, jamoa qattiq ruhiy tushkunlikka tushgan, ular ushbu holatdan chiqishlari kerak. Shu sababli o‘yin uchun yigitlarga rahmat, ular harakat qilishdi.
Hech qaysi futbolchimga e’tirozim yo‘q. Ishlashda davom etamiz. Muxlislarga aytar gapim sabrli bo‘lishsin. Aytishadi-ku, Moskva darrov qurilmagan. Ularni xursand qilish uchun harakatlarimizni susaytirmasdan, chempionat va Kubok bahslariga tayyorlanib, o‘z ustimizda ishlashda davom etamiz».
“Buxoro” matbuot xizmati.
BuxoroBunyodkorUlug‘bek BaqoyevSuperligaFutbolchilarMag‘lubiyat sabablaridagi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar