date
views 192

"Barsa" Messini qaytarish rejasini ishlab chiqdi

"Barsa" Messini qaytarish rejasini ishlab chiqdi
"Barsa" PSJdan Lionel Messini qaytarish strategiyasini ishlab chiqmoqda.
 
Birinchi navbatda "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati La Liga bilan uchrashib, maosh chegarasini muhokama qilmoqchi. Kataloniyaliklar liga tomonidan belgilangan chegaralarga mos kelish uchun maoshlarni qisqartirish va futbolchilarni sotish rejasini tuzmoqchi.
 
Agar La Liga ushbu rejani ma’qullasa, "Barsa" argentinalikning vakillari bilan muzokaralarni boshlaydi.
 
Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi Messining qaytishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Sababi, u hamon Leoni dunyoning eng yaxshi futbolchisi, deb biladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Barsa" Messini qaytarish rejasini ishlab chiqdi