
Endilikda oliy ta’lim muassasalari reytingini aniqlashda oliygohda futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi. Bu haqda Prezidentning tegishli qarori belgilab qo‘yilmoqda.
Qarorda, jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga O‘FA bilan birgalikda ikki oy muddatda davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hamda davlat oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash choralarini ko‘rish vazifasi yuklanyapti.
Shuningdek, vazirlik har bir davlat oliy ta’lim muassasasining futbol va futzal bo‘yicha jamoalarini shakllantirsin hamda ularning «Talabalar ligasi» dasturi doirasida o‘tkaziladigan respublika musobaqalarida to‘liq ishtirok etishini ta’minlaydi.
Oliy Ta'limFutbol SharoitlariPrezident QaroriSport InshootlariTalabalar LigasiFutzal Jamoalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar