O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan OKMK - "Navbahor" bahsi yakunlandi. Unda nominal mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Olmaliq klubi safida gollarga Jo‘rabekov (avtogol) va Ruben Sanches mualliflik qildi. Namanganliklarning yagona golini Iskanderov penaltidan kiritdi.
Shu tariqa, OKMK ochkolari sonini 10 taga yetkazib, jadvalda 3-o‘ringa chiqib oldi. "Navbahor" hisobida 9 ochko mavjud bo‘lib, klub 4-pog‘onani band etib turibdi.
Bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida Mirjalol Qosimovning o‘yin haqida fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
- Hamma kutgan o‘yin edi. Bir-biriga juda munosib jamoalar. Nafaqat bugun, balki, o‘tgan safarlar ham kurashlarga boy, qiziqarli, tezkor futbol guvohi bo‘lganmiz. Bularning barchasiga tayyorgarlik ko‘rdik. Qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, yigitlar qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Ilk taymga qaraganda, ikkinchi bo‘limda faol o‘ynadik. Qolaversa, penaltidan urilgan goldan so‘ng bizda g‘alabaga bo‘lgan ishonch oshdi. O‘ylaymanki, mazkur bahs turning eng yaxshi o‘yini bo‘ldi.
- Tajribali futbolchilarning o‘yindagi o‘rni haqida fikringiz qanday?
- Albatta, ular biz uchun juda muhim. Sababi, bizda o‘ynayotgan tajribali o‘yinchilarning (Sanjar Tursunov va Anzur Ismoilov) barchasi ko‘plab xalqaro o‘yinlarni ko‘rgan. Yillar davomida bunday tajriba to‘planadi va ko‘p paytlarda bu jihat asqatadi. Ba’zida shunday tajribali futbolchilar yoshlarga imkon qoldirmaydi. Misol uchun, Jasur Hasanov ham 40 yoshida hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Yevropada ham bunga misollar talaygina. Omadini bersin.
- OKMK joriy mavsum oldiga jiddiy maqsad qo‘yganmi?
- Bu savolni har doim berasizlar. Yana bir qaytaraman. Maqsad bo‘lmasa, ishlashning hojati yo‘q. Albatta, oldimizga katta maqsadlarni qo‘yganmiz.
- Begimov hamda tunislik himoyachiga kam o‘yin amaliyoti berilyapti. Ularning o‘yinidan qanchalik qoniqyapsiz?
Agar 20'ga 20 o‘ynashning iloji bo‘lsa, hammasini o‘ynatardim. Eng ko‘p rotatsiya qiladigan murabbiy ham o‘zim bo‘lsam kerak. Chempionat uzun, uchrashuvlar ko‘p. Vaqti soati kelganda o‘yin amaliyoti bo‘ladi. Reglament bo‘yicha 11 ga 11 futbol o‘ynaladi. Imkon bo‘lganda 20 kishini ham o‘ynatardim.
- Mirjamol Qosimov va Vitaliy Denisov qachon safga qaytadi?
- Ular endi mashg‘ulotlarga kirishdi. Biroz vaqt kerak. Qachonki ular jismonan tayyor bo‘lishsa, maydonda ko‘rasiz.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi