
«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Lionel Messining haqiqiy o‘rni Kataloniya jamoasida ekanini aytdi.
«Messining o‘rni — «Barsa»da. Agar u qaytib kelsa, bu ajoyib ish bo‘ladi. Umid qilamanki, biz keyingi mavsumda birga o‘ynay olamiz», — dedi Levandovski Mundo Deportivo nashriga.
«Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turidan keyin «Real»ni 13 ochkoga ortda qoldirib, birinchi o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgustida argentinalik futbolchi PSJga ko‘chib o‘tdi.
«Barselona»dagi 18 yillik faoliyatidan so‘ng argentinalik ilk bor o‘z jamoasini almashtirdi.
BarselonaRobert LevandovskiLionel MessiKataloniya JamoasiIspaniya ChempionatiPSJga Ko‘chish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar