date
views 306

"An-Nasr" jamoasi murabbiyi iste’foga chiqarildi

"An-Nasr" jamoasi murabbiyi iste’foga chiqarildi

Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq klub rahbariyati murabbiyga vaziyatni o‘nglash uchun bitta o‘yin bergani xabar qilingandi. Hujumchi Krishtianu Ronaldu murabbiy ishidan va jamoaning o‘yin uslubidan norozi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 23-turdan so‘ng riyodliklar 53 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "An-Nasr" jamoasi murabbiyi iste’foga chiqarildi