13:05 / 15.04.2023
371

Menga Ronalduning yig‘lashi ko‘proq yoqadi

Menga Ronalduning yig‘lashi ko‘proq yoqadi

Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Sufyon Bufal jahon futboli yulduzlari Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

Afrikalik futbolchi 2022 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionati chorak finalida Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynagan. O‘sha bahsda marokashliklar Yevropa vakilini kichik hisobda yengib, musobaqadan chiqarib yuborgan va Ronalduning yig‘lashiga sababchi bo‘lgan edi.

- Ronalduga hurmatimni izhor qilgan holda shuni aytamanki, menga jamoadoshlarim emas, Krishtianuning yig‘lashi ko‘proq yoqadi. Men Lionel Messini tanlayman, Ronalduni emas. Shuningdek, “Barselona”da to‘p tepishni istayman, - dedi Bufal.

Jahon chempionatini to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan 30 yoshli yarim himoyachi klublar miqyosida Fransiyaning “Anje” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menga Ronalduning yig‘lashi ko‘proq yoqadi