
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bir guruh klub muxlislari bilan uchrashdi. U "Negreyra ishi" deb atalgan voqeada "ko‘k-anorranglilar" aybsiz ekaniga muxlislarni ishontirdi.
“Ular bizga qarshi hech narsaga ega emas. Vaziyat bo‘rttirilgan. Ushbu kompaniyalardagi odamlardan biri [Negreyra] hakamlar texnik qo‘mitasi vitse-prezidenti edi. Ammo u biror narsaga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega emas edi, chunki hakamlarni u tayinlamagan”, - dedi Laporta.
Avvalroq "Barselona" hakamlar uchun pul o‘tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bundan oldin "Real" ham bu ishda ishtirok etishga qaror qilgani haqida Laporta shunday degan edi:
- Azaldan hakamlar yordam berib kelgan klub endi jabrdiydaga aylanib qoldi. Bu bema’nilik.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar