
Futbol bo‘yicha 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Argentina mezbonlik qiladigan turnirda yoshlarimiz "A" guruhidan joy oldi.
Mazkur guruhda vakillarimizga mezbon Argentina, Yangi Zelandiya hamda Gvatemala termalari raqiblik qiladi. Ochilish o‘yini Argentina va O‘zbekiston termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Musobaqa 20 maydan 11 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Avvalroq, turnirni Indoneziya qabul qilishi kutilayotgandi. Biroq ma’lum sabablarga ko‘ra mezbonlik Argentinaga o‘tkazildi.
Marhamat, quyida barcha guruhlar bilan tanishishingiz mumkin.

FutbolJahon ChempionatiO‘zbekistonArgentinaGuruh BosqichiYoshlar Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar