23:15 / 22.04.2023
219

Mirjalol Qosimov: "Ko‘rsatgan o‘yinimiz natijaga mos emas"

Mirjalol Qosimov: "Ko‘rsatgan o‘yinimiz natijaga mos emas"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan, markaziy uchrashuvda "OKMK" va "Paxtakor" jamoalari to‘qnash kelishdi.
 
Kurashlarga boy o‘tgan uchrashuvda amaldagi chempion irodali tarzda g‘alabaga erishdi, yakuniy hisob 2:1. Uchrashuvdan so‘ng "OKMK" jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
 
- O‘yin haqida fikrlaringiz?
- Avvalambor barchani bayram bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, natija ko‘rsatgan o‘yinimizga mos emas. Hozirgina yigitlarga ham shuni aytdim, futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Birinchi bo‘limda yigitlarga hech qanday savol yo‘q edi, lekin ikkinchi taymda yigitlar o‘zini yo‘qotib qo‘yishdi. "Paxtakor" kabi kuchli jamoa hech qachon bunday xatolarni kechirmaydi. Birinchi goldan so‘ng jamoa juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. O‘zimizning aybimiz tufayli bugun mag‘lub bo‘ldik. Bu ham bir tajriba bo‘ladi biz uchun va hayot davom etadi. Kimnidur aybdor qilish noto‘g‘ri. O‘zimizning xatolar tufayli mag‘lubiyatga uchradik. "Paxtakor" jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.
 
- Siavash Haqnazariy asosiy tarkib o‘yinchisi, lekin bugun 80chi daqiqada maydonga tushdi. Bunga sabab nima?
- O‘tgan kuni Sia shamollab qoldi. Kecha mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmadi va bugungi o‘yinda asosiy tarkibda o‘ynamaganining sababi shu.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Ko‘rsatgan o‘yinimiz natijaga mos emas"