Qirg‘iz Respublikasi termasiga yangi murabbiy tayinlandi

Slovakiyalik mutaxassis Stefan Tarkovich Qirg‘iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
50 yoshli murabbiy QFI ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan. Murabbiylikka 30 nafar nomzod ko‘rib chiqildi, 5 tasi tanlanib olindi va Tarkovich ma’qullandi. U UYEFA PRO litsenziyasiga ega.
Stefan Slovakiya terma jamoasida murabbiy yordamchisi bo‘lib ishlagan. 3 aprel kuni Aleksandr Krestenin Qirg‘iz Respublikasi termasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing