
Joriy yilning 5-6-may kunlari O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida FIFA Prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizga tashrif buyuradi.
Delegatsiya tashrif davomida mamlakatimiz futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasini (“Do‘stlik”) ko‘zdan kechirishi, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar