
Toshkentdagi "Lokomotiv" o‘yingohida O‘zbekiston va Yaman 17 yoshli futbolchilari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Hamyurtlarimiz safida gollarga Al-Haj (avtogol), Laziz Mirzayev, Quvonchbek Abrayev (penalti) va Dilshodbek Abdullayev mualliflik qildi. Raqiblarimizning yagona golini Abbas Ali Basarrea kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yosh toifasidagi futbolchilarimiz 15 iyundan 2 iyulga qadar davom etadigan U-17 Osiyo kubogida ishtirok etadi. Unda vakillarimiz Yaponiya, Hindiston va Vetnam bilan birga "D" guruhidan joy olgan.
Qayd etish kerak, Bangkok va Chonburida bo‘lib o‘tadigan final bosqichi o‘yinlari qo‘shimcha ravishda FIFA U-17 Jahon chempionatiga saralash ham hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing