
"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu golsiz seriyasiga barham berdi.
38 yoshli forvard Saudiya Arabistoni 24-turidan o‘rin olgan "Al-Rayed"ga qarshi o‘yinning 4-daqiqasida Al G‘annamning uzatmasidan keyin hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.
Ronaldu bungacha 3 ta o‘yindan beri gol ura olmayotgandi. "Al-Hilol" (0:2), "Al-Feyha" (0:0) va "Al-Vahda"ga (0:1) qarshi uchrashuvlarda Krishtianu maydonni golsiz tark etdi.
Ma’lumot uchun, hujumchi chempionat doirasida 12 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 2 golga assistentlik qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar