
Toshkentda konkur bo‘yicha “Grand Prix Eurasia leaguye Tashkent 2023” musobaqasining ikkinchi kun bellashuvlari yakuniga yetdi. “Universal Horses Stable” mezbonlik qilayotgan musobaqaning ortda qolgan ushbu kunida barchaning diqqat-markazi 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturiga qaratildi.
Bahslar yakunigacha barchani katta hayajonda ushlab turgan dasturda Xurshidjon Alimjonov g‘alaba qozondi. “Chempions Ligas” tulpori bilan harakat qilgan Alimjonov 91.45 soniya qayd etishga erishdi. Ikkinchi o‘rin “Kalleko” bilan harakat qilgan Saidamirxon Turg‘unboyevga nasib etgan bo‘lsa, “Bazart De Ruet” oti A’zam Tolibboyevga uchinchi o‘rinni taqdim qildi. Ahamiyatlisi, keyingi pog‘onalar ham yurtdoshlarimiz Nurjan Tuyakbayev (“Kvintes NV”) va Bekzod Qurbonovga (“Mats VG”) nasib etdi. Bellashuvlar davom etadi.
Manba: MOQ
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar