date

Boks bo‘yicha JCH—2023. O‘zbek bokschilarining dastlabki raqiblari bilan tanishing

Boks bo‘yicha JCH—2023. O‘zbek bokschilarining dastlabki raqiblari bilan tanishing

Boks bo‘yicha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati musobaqasining ilk bosqich janglari 1-may, dushanba kuni start oladi.

O‘zbekiston safida birinchi kungi bahslarni Mujibillo Tursunov boshlab beradi. -60 kg vazn toifasida harakat qiladigan Tursunov ilk jangini hindistonlik Singh Varinderga qarshi o‘tkazadi.

Mujibillo ishtirokidag jang taxminan soat 19:30 dan so‘ng boshlanadi.

Quyida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining ilk bosqichdagi raqiblari bilan tanishing:

  • -48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev - R.Tapa (Nepal)
  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov - O.Ximenes Kastaneda (Meksika)
  • -54 kg: Oybek Jo‘rayev - T.Galanov (Serbiya)
  • -57 kg: Abdumalik Halokov - K.Allikok (Gayana)/Y.Gilichjanov (Turkmaniston)
  • -60 kg: Mujibillo Tursunov - V.Singh Varinder (Hindiston)
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev - M.Febus (Puerto-Riko)
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Y.Vakita (Yaponiya)/O.Szot (Polsha)
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov - T.Muxanga (Mozambik)
  • -75 kg: A’loxon Abdullayev - M.Jao (Xitoy)
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Y.Nemouchi (Jazoir)
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev - Ye.Adilbek Uulu (Qirg‘iziston)
  • -92 kg Lazizbek Mullojonov - M.Urtado Kolorado (Kolumbiya)
  • +92 kg: Bahodir Jalolov - B.Toychiyev (Turkmaniston) - D.Latipov (Bahrayn).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks bo‘yicha JCH—2023. O‘zbek bokschilarining dastlabki raqiblari bilan tanishing