Boks bo‘yicha JCH—2023. Jasurbek Yo‘ldoshev jazoirlik raqibini mag‘lub etdi


Boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 2-kungi bahslarida 2 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-80 kg vazn toifasida Jasurbek Yo‘ldoshev jazoirlik Yunus Nemouchiga qarshi ringga chiqdi. Birinchi raund to‘liq Jasurbekning foydasiga hal bo‘ldi. Qolgan ikki raundda ham hakamlar Yo‘ldoshevning ustunligini qayd etdi va yakunda 5:0 hisobida zafar quchib, Jasurbek keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Avvalroq Mujibillo Tursunov, Ruslan Abdullayev va Shohjahon Abdullayev o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunlab, keyingi bosqich masalasini hal qilgandi.































Izohlar 0
…