
Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 33-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 2 may, seshanba kuni o‘tkazildi.
“Barselona” o‘z maydonida “Osasuna”ni qabul qildi. Uchrashuvning 26-daqiqasidayoq mehmonlar bir o‘yinchi kam bo‘lib qoldi. Katalonlar 85-daqiqaga kelibgina hisobni ochishga erishdi: Xordi Alba g‘alaba to‘piga muallif bo‘ldi.
Barselona – Osasuna 1:0
Gol: 1:0 – 85 Alba.
Barselona – ter Stegen, Kunde, Kristensen (Erik Garsiya, 52), Arauxo, Balde (Alba, 76), Buskets (Ferran Torres, 76), de Yong, Pedri, Gavi (Fati, 36), Rafinya (Dembele, 52), Levandovski.
Osasuna – Fernandes, Moreno, Unai Garsiya, Errando, Sanches, Torro (Xuan Krus, 59), Ruben Garsiya (Barxa, 46), Oros (Munos, 46), Ibanes, Benito (Aridane, 70), Chimi Avila (Kike Garsiya, 59).
Chetlatish: Errando (26).
Ayni vaqtda musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni olgan:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar