
“Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoa hujumchisi Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish fikridan qaytdi, deb xabar tarqatdi L'Equipe nashri.
Argentinalik yulduzning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Parijliklar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha o‘z takliflarini bergan va muzokarani davom ettirayotgan edi.
Yaqinda Messi Saudiya Arabistoni turizm elchisi majburiyatini bajarish uchun ushbu mamlakatga kelgandi. Keyinroq, futbolchi bosh murabbiy Kristof Galte va sport direktori Luish Kampush ruxsatisiz safarga chiqqani oshkor bo‘ldi.
Fransuz matbuoti klub Messini ikki haftaga jamoadan chetlatganini yozmoqda. Argentinalik jurnalist Martin Arelo futbolchiga sanksiyalar haqida hech qanday ma’lumot berilmaganini ta’kidlayapti.
PSJ qimmatbaho futbolchiga ish taklif qilayotgan Yevropadagi ikki jamoadan biri edi. Messini qaytarishga urinayotgan “Barselona” hali transfer qilish imkonini topa olgani yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar