
Saudiya Arabistoni chempionati 24-turida "Al Nassr" o‘z maydonida "Al Raed"ni yirik hisobda mag‘lub etdi.
"Al Nassr" klubi sobiq futbolchisi Adrian Mejeyevski hujumchi Krishtianu Ronalduning ushbu bahsdagi (4:0) ishtiroki haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik gol urdi va uni o‘z uslubida nishonladi.
"Sen Superkubokda mag‘lub bo‘lding, mamlakat Kubogidan yarim finalda chiqib ketding, derbida "Al Hilol"ga imkoniyatni boy berib, chempionlik imkoniyatlarini 99%ga yo‘qotding, lekin "Al Raed"ga gol urishni uddalading va 4:0 hisobida g‘olib bo‘lding", - deya kinoyali fikr bildirdi Mejeyevski.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov so‘nggi ikki golda assist vazifasini bajarib bergandi.
"Al Nassr" – "Al Raed" 4:0
Gollar: 1:0 – 4 Ronaldu, 2:0 – 55 Garib, 3:0 – 90 Maran, 4:0 – 90+4 al Sulayxim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar