Rossiyaning “Match TV” telekanali jurnalisti Vasiliy Konov Sports.kz saytiga bergan intervyusida Toshkentdagi jahon chempionatida ringga chiqqan o‘ta og‘ir vazn toifasidagi bokschilar – Aleksey Dronov, Qamshibek Kunkabayev hamda Bahodir Jalolov haqida fikr bildirdi.
- Qamshibek Kunkabayevni g‘alaba bilan tabriklash kerak. Haqiqatan, zo‘r jang bo‘ldi va bu bahs jahon chempionatining dastlabki bosqichini bezadi. Qozog‘iston tomondan fanatlar ko‘p bo‘ldi, rossiyaliklar delegatsiyasi ham o‘z sportchisini faol qo‘llab-quvvatladi.
Agar raundlar bo‘yicha tahlil qilsak, Aleksey Dronov birinchi raundni o‘z foydasiga hal qildi. Qamshibek raqib uslubiga moslashib, ikkinchi va uchinchi raundlarda ustunlik qildi. Keskin va murosasiz bahsdagi g‘alabaga Qozog‘istonlik bokschi munosib ko‘rildi.
- Dronov uchun bu alamli mag‘lubiyat bo‘ldimi?
- Aleksey Dronov yosh og‘ir vaznli bokschi. Uzoq yillardan beri uni kuzatib kelaman va aytishim mumkinki, katta o‘sishga erishyapti. Kelajakda Dronov Rossiya boksida yetakchilardan bo‘ladi. Kunkabayevga kamida finalgacha borishini tilayman.
- Bu jangni WBA va IBF yo‘nalishlari sobiq chempioni Denis Lebedev bilan muhokama qilganingni bilaman...
- Ha, Denis ham mening fikrimga qo‘shildi. U qozoq bokschisiga muvaffaqiyat tiladi va Alekseyning saviyasi yaxshi ekanini ta’kidladi. Eng muhimi, Dronov bu mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarsa, kelajakda hammasi yaxshi bo‘ladi.
- Qamshibek Kunkabayevning agar o‘zaro to‘qnashuv yuz bersa, Bahodir Jalolovdan revansh olish imkoniyatini qanday baholaysan?
- Bahodir Jalolov vazni 92 kilogrammdan oshiq bokschilar o‘rtasida jahon chempionatining yaqqol favoriti. Uni butun tribuna qo‘llab-quvvatlayapti. Uning birinchi jangiga qarab baho berishim mumkin. Arena liq to‘la edi, bo‘sh joy qolmagandi, hamma uni qo‘llab-quvvatlardi.
O‘zbekistonda unga e’tibor juda kuchli. Bunday mas’uliyat oldida kuyib qolish hech gap emas, lekin bunga asos bor, deya olmayman. Jalolov juda ham tajribali sportchi.
Og‘ir vaznda hammasini bitta aniq zarba hal qilishi ham mumkin. Lekin men shunday deyman: Jalolov – musobaqaning yaqqol favoriti. Agar u oltin medal ololmasa, men qattiq hayratga tushaman.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov jahon chempionatidagi dastlabki jangini Bahrayn terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan asli rossiyalik Danis Latipovga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv davomida hamyurtimiz raqibini katta ustunlik bilan yengdi.
Bahodir Jalolov bungacha Latipov bilan ikki bor – Iordaniya va Birlashgan Arab Amirliklaridagi musobaqalarda to‘qnash kelib, ularda ham raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmagan edi.
Toshkentdagi jahon chempionatida eng katta qiziqishga sabab bo‘layotgan janglardan biri Bahodir Jalolov va Qamshibek Kunkabayev o‘rtasida bo‘lishi kutilmoqda. Agar bu ikki bokschi saralash janglarini muvaffaqiyatli yakunlasa, musobaqaning chorak finalida o‘zaro ro‘baro‘ keladi.
Hozirgacha Bahodir hamda Qamshibek sakkiz marta ringda to‘qnash kelgan va umumiy hisob 5:3 ko‘rinishida o‘zbek bokschisi foydasiga hal bo‘lgan.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?