Balotelli: “Ispaniyada «imillagan Messi» bor, buni unutmaslik kerak”

«Liverpul» hujumchisi Mario Balotelli Ispaniya terma jamoasining kuchi va Evropa chempionatidagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda «Stadion.uz» xabar berdi.
«Ispaniya baribir Ispaniya, u hech qachon kuchsiz raqib bo‘lolmaydi. O‘tgan chempionatda ular Fabregasni hujum markazida o‘ynatib, hammani mag‘lub etishgandi. Shuning uchun ham, Torres va Kostaning yo‘qligi ular uchun jiddiy muammo emas. David Silva — «imillagan Messi». Morata ham ajoyib futbolchi. U Pogba bilan bir qatorda musobaqa yulduzi bo‘lishi ham mumkin», — dedi Balotelli Goal xabariga ko‘ra. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing