
Ispaniya chempionatida “Barselona”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan “Real” mamlakat kubogini muvaffaqiyatli yakunladi.
Hal qiluvchi bahsda madridliklar Rodrigoning bir juft goli evaziga “Osasuna” ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, Ispaniya kubogiga sazovor bo‘ldi.
“Real”ning bu natijasiga ashaddiy raqib – “Barselona” munosabat bildirdi.
“Real”ni Ispaniya kubogidagi g‘alaba bilan tabriklaymiz, - deb yoo‘di “Barselona” matbuot xizmati tvitterdagi sahifasida.
“Real” o‘z tarixi davomida Ispaniya kubogini 20-marotaba qo‘lga kiritgan. “Qirollik klubi” bu musobaqada 2014 yildan beri g‘alaba qozona olmayotgan edi.
Ispaniya kubogida eng ko‘p zafar quchgan jamoa “Barselona” hisoblanadi. Kataloniyaliklar jami 31 marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Bilbaoning “Atletik” jamoasi bu sovringa 23 marta ega chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar