Superliga 9-turidan o‘rin olgan OKMK – «Qizilqum» (4:0) uchrashuvidan so‘ng olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Birinchi bo‘limda goldan so‘ng 10-15 daqiqa xotirjamlikka berildik. Afsuski, hech buni yo‘q qila olmadik. O‘tgan tur «Paxtakor» buni kechirmagan edi. «Qizilqum» ham ushbu vaziyatdan foydalanib qolishi mumkin edi. Futbolda bunday xatolar kechirilmaydi. Ikkinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik va haqli g‘alabaga erishdik.
Futbolda g‘alaba qozondik deb, bir soniyaga ham xotirjamlikka berilmaslik kerak. Bir narsani bugungi uchrashuvdan oldin ham futbolchilarga eslatdim. 1989 yil Saudiya Arabistonida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi JCHda Ittifoq termasi tarkibida chorak finalda Nigeriyaga qarshi bahs olib borgan edik. 60-daqiqaga qadar 4:0 hisobida oldinda borib, yakunda 4:4 o‘ynab, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashgan edik. Shuning uchun oxirigacha o‘ynash kerak”, - dedi Qosimov.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin