
Argentinalik hujumchi Lionel Messining kelajagi haqidagi "ertak" o‘z nihoyasiga yetayotganga o‘xshaydi. "Goal.com" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu to‘p suradigan Saudiya Arabistoni chempionatini zabt etish uchun boradi.
Manbaning qayd etishicha, Messining transferi bo‘yicha kelishuv yopilgan. Shu tariqa, 2023/2024 yilgi mavsumdan boshlab Lionel Yaqin Sharqda "konsert beradi". Argentinalik uchun eng ehtimoliy yangi klub "Al-Hilol" deya aytilmoqda.
Hujumchi kelasi yozda parijliklar bilan shartnomasi nihoyasiga yetgani uchun tekinga Saudiyaliklar safiga o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar