Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov iordaniyalik Ishish Yusufga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Endi bokschimiz kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Xalokov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bizga ishonch bildirgan barchaga kattakon rahmat. Murabbiylarim har bir jangga taktika qo‘llamoqda. O‘sha vazifani bajarishga harakat qilaman. Agar taktikani qo‘llay olmasam yutqazaman...
Muxlislar qo‘llab turgan payt raqsga tushib, ritmni ushlab olaman. Shunda oyoq va qo‘llar ishlab ketadi.
Mening ashaddiy raqibim hamyurtimiz Mujibillo Tursunov bilan ringga chiqadi. Jamoadoshimni duo qilib qo‘llab turaman. Nasib qilsa, Mujibillo Tursunov g‘alaba qozonadi, - dedi Abdumalik Xalokov.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin