Lionel Messi klub rahbariyati ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga borib kelganidan keyin PSJ mutasaddilari bilan maxfiy tarzda kelishuv tuzishiga to‘g‘ri kelgan, deb xabar tarqatdi RMC Sport nashri.
Argentinalik jahon chempioni Saudiya Arabistonining turizm bo‘yicha elchisi hisoblanadi. Bu mamlakatga tashrif ham aynan uning shartnomasidagi majburiyat edi.
Biroq, parijliklar ichki chempionatda “Loryan”dan mag‘lubiyatga uchragani uchun, dam olish kuni o‘rniga mashg‘ulot qo‘yilgan. Messi esa, tushunmovchilik sababli Saudiyaga ketib qolgan.
Keyinchalik klub uni ikki haftaga jamoadan chetlatdi. Messining agentlari bu masala bo‘yicha klub rahbariyatiga bog‘langan. Manbaning ta’kidlashicha, futbolchini yana maydonga qaytarish bo‘yicha aynan ana shu uchrashuvda maxfiy kelishuvni amalga oshirishiga to‘g‘ri kelgan.
Shundan keyin klub Messining uzrini qabul qilib, uni jamoaga qaytargani aytilmoqda. Shunga qaramay, jahon chempionining klubdagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi