
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Osiyo kubogi natijalaridan keyin raqiblarimiz haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘zbekiston terma jamoasi "B" guruhidan joy oldi va Avstraliya, Suriya va Hindiston, Hindiston termalari bilan kuch sinashadi.
"Guruhdagi raqiblarimiz haqida fikr bildiradigan bo‘lsam, birinchi navbatda Avstraliya terma jamoasini aytib o‘tishim kerak. Avstraliya ko‘p bora jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi va Osiyoning eng kuchli termalaridan biri.
Shuningdek, Suriya terma jamoasi ham ko‘p bora O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushgan va bizga tanish bo‘lgan jamoa.
Hindiston haqida shuni aytishim mumkinki, ularda futbol ancha rivojlanib bormoqda. Bemalol ularni rivojlanayotgan terma jamoalar qatorida deya olaman.
O‘zbekiston terma jamoasini birinchi navbatdagi vazifasi maksimal ochko yig‘ib, guruhdan chiqish. Bu vazifani uddalaymiz degan umiddaman. Bu Osiyo kubogida avvalgisiga qaraganda yaxshiroq natija qilishga harakat qilamiz", - dedi Shomurodov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar