Abdumalik Xalokov muddatidan oldin g‘alabaga erishib, finalchiga aylandi


Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tadi.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalokov Munarbek Seitbek Uulu (Qirg‘iz Respublikasi) bilan ringga ko‘tarildi. Jang 18:35dan so‘ng boshlandi.
Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qildi.
Jang birinchi raundda yakunlandi. Abdumalik Xalokov raqibini zarba bilan jarohat yetkazib, muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.































Izohlar 0
…