Toshkentdagi "Humo arena"da boks boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun final janglari start olmoqda.
Hamyurtlarimizdan birinchi boʻlib -67 kg vazn toifasida Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev ringga koʻtarildi. Bokschimiz qozogʻistonlik Dulat Bekbauvga qarshi jang qildi. Hamyurtimiz koʻk formada, uning raqibi qizil libosda harakat qildi.
Ilk raundni Asadxoʻja oʻz foydasiga hal etdi - 5:0.
Ikkinchi raundda hakamlar hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 4:1.
Oxirgi raundda qozogʻistonlik bokschining qoʻli baland keldi - 2:3. Yakuniy hisob 5:0 Moʻydinxoʻjaev foydasiga.
Shu tariqa, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaev terma jamoamizga ilk oltin medalni keltirgan bokschiga aylandi va 200 ming dollar pul mukofotiga ega chiqdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar